Men Sanayev Anvar Ismatovich ko'hna Samarqandning Paxtachi tumanida tug`ilganman. Chayon burji vakiliman. Paxtachi tumani Ziyovuddin shaharchasidagi 22-o`rta maktabda tahsil olganman. Maktabni tugatib, Toshkent shahar Hamza nomidagi musiqa bilim yurtiga o`qishga kirdim. Keyin Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutini tamomladim.
Bu orada O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Muxriddin Xoliqov guruhida sozandalik ham qila boshladim. Ilk ish faoliyatimni esa Bonu nomli madaniyat markazida boshlaganman.
So`ng O`zbekiston teleradiokompaniyasida xizmat qildim. Shu paytgacha gastrol va dam olish safarlari bilan dunyoning juda ko`p joyida bo`ldim. Jumladan, Pokiston (1993), Arab amirliklari (2001), Tailand (2002), Hindiston (2003), Kipr (2004), Malayziya (2005), Hindistonnig Goa shtati (2006), Germaniya va Gretsiya (2007) va hokazo...
1998 yildan buyon san`at olamida muxlislarim uchun sidqidildan xizmat qilib kelyapman. Ko`z ochib-yumguncha shunga ham o`n yil to`libdi. Hayotning yaxshi-yomon kunlarida muxlislarim yonida bo`la olayotganimdan mamnunman.
Sizlarni sevuvchi ANVAR SANAYEV!